AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Qurbon Hayiti qachon nishonlanishi ma`lum bo`ldi

'O`zbekistonda Qurbon Hayiti qachon nishonlanishi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston Musulmonlar idorasi ma`lum qilishicha, bugun — 19 iyun dushanba kuni Zulhijja oyining 1-kunidir.

Qurbon Hayiti 28 iyun – chorshanba kuniga to`g`ri keladi. 

Agar Prezidentning tegishli Farmoniga o`zgartirish kiritilsa, bayram munosabati bilan barcha xodimlar 5 kun ketma-ket dam olishlari mumkin.

- 28 iyun, chorshanba kuni – Qurbon hayiti birinchi kuni;
- 29 iyun – payshanba, odatiy ish kuni (ushbu kun dam bo`lishi hozircha nazarda tutilmagan);
- 30 iyun – juma, qo`shimcha dam olish kuni;
- 1 iyul – shanba, olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo`shimcha dam olish kuni;
- 2 iyul – yakshanba, odatiy dam olish kuni.

    Boshqa yangiliklar