AsosiyJamiyat

Navoiydagi xususiy korxonada 195 dona mayning qurilmalar o`rnatilgani aniqlandi (video)

'Navoiydagi xususiy korxonada 195 dona mayning qurilmalar o`rnatilgani aniqlandi (video)'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro va Navoiy viloyatlari bo`yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda Qiziltepa tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qo`yildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Tezkor tadbir davomida mahalliy xususiy korxona rahbari 6 nafar fuqaro bilan o`zaro kelishgan holda, korxona hududiga xorijda ishlab chiqarilgan 195 dona mayning qurilmalarini o`rnatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishlari natijasida, davlat manfaatlariga 9 mlrd. 661 mln. 402 ming so`mlik zarar keltirganliklari aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 1852-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar