AsosiyJamiyat

O`zbekiston Prezidentligiga nomzod qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashdi

'O`zbekiston Prezidentligiga nomzod qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashdi'ning rasmi

O`zbekiston Ekologik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Abdushukur Xamzaev bugun Qashqadaryo viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvni nomzodning ishonchli vakili Nosir Halimov olib bordi. 

Prezidentlikka nomzod Abdushukur Xamzaev so`zga chiqib, saylovchilarni o`zining saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi. 

Unda mamlakatning ekologik xavfsizligini ta`minlash bo`yicha targ`ibot ishlarinikuchaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni hal etishga doir strategiya va dasturlarni amalga oshirish uchun davlat organlari, tadbirkorlik sub`ektlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, OAV hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini jalb etish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan parlament hamda jamoatchilik nazorati kuchaytirish, ekologik xavf-xatarlarga qarshi kurashish, ularni bartaraf etishda davlat va jamoatchilik ishtiroki hamda nazorati samaradorligini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalarida yoshlar faolligini kuchaytirishga alohida e`tibor qaratish kabi masalalar qamrab olingan.

Iqtisodiyot sohalari va aholini energiya resurslari bilan barqaror ta`minlash, ekologik toza qayta tiklanuvchi energiya turlariga bosqichma-bosqich o`tish va bu borada ilg`or innovasion texnologiyalarni joriy etish partiyaning diqqat markazida bo`lishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, er resurslaridan samarali foydalanish va aholini oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash sohasida er resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasidagi huquqiy baza “aqlli” va resurstejovchi qishloq xo`jaligi tamoyillari asosida takomillashtirilishi aytib o`tildi. 

Uchrashuvda partiya a`zolari, tumanlardan kelgan saylovchilar bilan samimiy muloqot bo`ldi. Ular viloyatdagi o`zgarishlarni qayd etib, o`z fikr va takliflarini bildirdi. 

O`zbekiston Ekologik partiyasi 

Matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar