AsosiyJamiyat

Rasman: Qurbon hayiti munosabati bilan o`zbekistonliklar 5 kun dam oladigan bo`ldi

'Rasman: Qurbon hayiti munosabati bilan o`zbekistonliklar 5 kun dam oladigan bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 iyun kunini Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlash to`g`risidagi qarori qabul qilindi.

Davlat rahbarining 2022 yil 23 dekabrdagi “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida”gi PF-270-son Farmoni bilan ish haftasining turidan qat`i nazar barcha xodimlar uchun 2023 yilning 29-30 iyun kunlari, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 1 iyul kuni qo`shimcha dam olish kuni sifatida belgilandi. 

Demak, o`zbekistonliklar quyidagi sanalarda ketma-ket 5 kun dam olishadi:

• 28 iyun, chorshanba;

• 29 iyun, payshanba;

• 30 iyun, juma;

• 1 iyul, shanba;

• 2 iyul, yakshanba.

    Boshqa yangiliklar