AsosiyJamiyat

Abiturientlarni ro`yxatga olish bugun, kunning ikkinchi yarmida boshlanadi

'Abiturientlarni ro`yxatga olish bugun, kunning ikkinchi yarmida boshlanadi'ning rasmi

Abiturientlarni ro`yxatga olish bugun, kunning ikkinchi yarmida boshlanadi. Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lumki, oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga abiturientlarni ro`yxatga olish har yili 20 iyundan 20 iyulga qadar amalga oshirilishi belgilangan.

Ayni vaqtda 2023/2024-o`quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimotini my.uzbmb.uz saytiga joylashtirish ishlari yakunlanmoqda.

2023/2024-o`quv yili uchun abiturientlarni onlayn ro`yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali kunning ikkinchi yarmida boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar