19 iyun kuni Andijon viloyati Paxtaobod tumanida 17 yoshli yigit va 15 yoshli qiz chaqmoq urishi oqibatida tan jarohati olishgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Darakchi.uz'ga ma`lum qildi.
Unda aytilishicha, shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan yigit vafot etgan.
Qizning ahvoli qoniqarli bo`lib, hozirda shifoxonada davollanmoqda.
Prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






