Avval Farg`onada bir guruh shaxslar mushukni tirik holatda yoqib yuborishgani aks etgan video tarqalgani haqida xabar bergan edik.
Mushukni tirik holatda yoqvorishga aloqador bo`lgan shaxslarga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 111-moddasi bilan BHMning 3 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlash haqida qaror qabul qilingan.
Quvasoy shahar prokurorining protesti bilan yuqoridagi qaror bekor qilindi.
Hozirda huquqbuzarlarga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 111-moddasi 2-qismi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo`lish) hamda 189-1-moddasi (Tazyiqni, zo`ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ`ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) bilan rasmiylashtirilgan ma`muriy bayonnoma mazmunan ko`rib chiqishlik uchun sudga yuborilishi ta`minlandi.






