Murotjon Azimov Rossiyada mehnat qilayotgan vohadoshlarimiz bilan onlayn muloqot qildi.
Muloqot davomida ularning muammolari tinglanib, oila a`zolari bilan bog`langan holda tez orada echim topish choralari belgilandi. Murojaatlarning aksariyati tadbirkorlik faoliyatini boshlash, bandlik va sog`liqni saqlash sohasiga tegishli bo`ldi.
Yakunda viloyat hokimi taklifi bilan bu kabi uchrashuvni har oyda turli davlatlarda mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolar bilan o`tkazishga kelishib olindi.
Ma`lumot uchun, Prezidentimiz qarori bilan hokim yordamchilari yozma tavsiyanomasiga asosan bir qator imtiyozlar belgilangan.






