Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tomonidan joriy yilning 20 iyun kuni umumta`lim maktablarining rahbar kadrlari uchun formativ va summativ baholash tizimiga bag`ishlangan “Mezonlarga asoslangan baholash tizimi” mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi.
Unda 60 dan ortiq maktabdan 100 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.
Mazkur treninglar doirasida ishtirokchilarga summativ-formativ baholash tizimi va uning afzalliklari haqida batafsil ma`lumot berish ko`zda tutilgan.
Ma`lumot uchun, Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar yangi mezonlarga asoslangan ushbu baholash tizimiga bosqichma-bosqich o`tkazilgan bo`lib, endilikda ushbu tizim bosqichma-bosqich barcha maktablarda amalga oshiriladi.
Ushbu baholash tizimining amaldagi tizimdan farqi — baholash jarayonlarida inson omilining minimallashtirilganida bo`lib, u o`quvchining bilimini ob`ektiv baholash hamdato`g`ri yo`naltirishga zamin yaratadi.
Summativ baholash tizimini ishlab chiqishda Agentlik tizimidagi mutaxassislar tomonidan Evropa va Markaziy Osiyoning 30 dan ortiq davlatlari tajribasi o`rganildi.
2023-2024-o`quv yilidan boshlab respublikaning har bir tumanidan tanlab olingan maktablarda tajriba-sinov tariqasida yangi baholash tizimi joriy etiladi. Bunda Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablar tayanch maktab sifatida belgilangan.