AsosiyJamiyat

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Dehqonobod tuman bo`limi boshlig`i xizmat mashinasida YTHga uchradi

'Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Dehqonobod tuman bo`limi boshlig`i xizmat mashinasida YTHga uchradi'ning rasmi

Kecha, 20 iyun kuni soat 16:10 lar atrofida Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani "Qorashina" shaharchasi Termiz-Toshkent xalqaro yo`lida Departamentning Dehqonobod tuman bo`limi boshlig`i B.G`. o`ziga biriktirilgan “Nexia-3” rusumli xizmat mashinasida YTHga uchradi. Bu haqda Departament xabar qilmoqda. 

U xizmat mashinasida harakatlanib kelayotgan vaqtida qarama-qarshi yo`nalishdagi fuqaro Sh.F. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi bilan to`qnashib ketib, yo`l transport hodisasiga uchragan, shuningdek orqa tomondan harakatlanib kelayotgan fuqaro U.Yo. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtotransport vositasi ham B.G`. boshqaruvidagi “Nexia-3” avtomashinasiga kelib urilgan.  

Mazkur holat yuzasidan tegishli sud tibbiyot ekspertizalari hamda departament xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanib, Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

Ekspertiza hamda xizmat tekshiruvi natijasiga ko`ra qo`shimcha axborot beriladi.

    Boshqa yangiliklar