Sirdaryoda bedarak yo`qolgan 26 yoshli homilador ayol qidirilayotganini e`lon qilgan edi.
Viloyat IIB axborot xizmati ayol topilganini ma`lum qildi.
Unga ko`ra, Sardoba tumani, «Otayurt» mahallasida yashovchi ayol Sarvara Qarshiboeva (1996 yilda tug`ilgan) 10 iyun kuni yashash xonadonidan noma`lum tomonga ketib, bedarak yo`qolgan. Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida Toshkent shahridan topilib, yaqinlariga sog`-salomat topshirildi.
Ayolning topilishida ko`maklashgan fuqarolar 10 million so`m bilan mukofotlanishi va`da qilingan edi.






