AsosiyJamiyat

Farg`onadagi “dom”ning yonayotgan beshinchi qavatidagi xonadondan ona va bola qutqarib olindi (video)

'Farg`onadagi “dom”ning yonayotgan beshinchi qavatidagi xonadondan ona va bola qutqarib olindi (video)'ning rasmi

Joriy yilning 21 iyun kuni soat 14:54da Farg`ona shahar, “Lolazor” MFY, Quvasoy ko`chasidagi xonadonlardan birida yashash uyida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda FVB Matbuot xizmati xabar bermoqda.


Yong`inga yong`in-qutqaruvchilar 15:06da etib borib, 15:09da o`rab olinib, 15:19da o`chirilgan. 

Yong`in natijasida uyning 5 qavati tutun bilan qoplanganligi natijasida yuqori qavatda istiqomat qilayotgan ona va bola Farg`ona shahar 1-Yong`in-qutqaruv qismi qutqaruvchilari tomonidan xavfsi hududga olib chiqilib hayotlari saqlab qolingan. Olib borilgan tezkor chora tadbirlar natijasida uyning 45 kv.m. maydoni saqlab qolingan. 

Hozirda yong`inning sababi va zarari aniqlanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar