AsosiyJamiyat

Misrdan O`zbekistonga gepatit S kasalligiga qarshi dori olib kelindi

'Misrdan O`zbekistonga gepatit S kasalligiga qarshi dori olib kelindi'ning rasmi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan gepatit S kasalligiga qarshi “Daklatasvir” dori vositasining navbatdagi qismini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga bepul etkazib berdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda

Umumiy hajmi 12 mingdan ortiq mazkur preparatlar Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti tomonidan ushbu kasallikdan aziyat chekayotgan bemorlarga taqsimlanadi.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston va Misr sog`liqni saqlash idoralari o`rtasidagi hamkorlik tufayli 2023-2024 yillarda gepatitga qarshi umumiy qiymati 4,8 million dollarlik 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) “Daclatasvir” va “Sofosbuvir” dori vositalari mamlakatimizga bepul etkazib berilishi belgilangan.


 

 

    Boshqa yangiliklar