AsosiyJinoyat

Toshkentda ayol 6 yoshli qizchani aldab, ziraklarini o`g`irlab ketdi

'Toshkentda ayol 6 yoshli qizchani aldab, ziraklarini o`g`irlab ketdi'ning rasmi

Toshkentda joriy yilning 12 iyun kuni noma`lum ayol ko`chada o`ynab yurgan qizni oldiga kelib, undan ziraklarini tomosha qilish uchun berib turishini so`ragan. Biroq ayol ziraklarni qaytarib bermay, darhol g`oyib bo`lgan. Shundan so`ng qizchaning onasi  tuman IIBga qiymati 100 AQSh dollari bo`lgan ziraklar o`g`irlab ketilganligi yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan.

Ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 35 yoshli Dilnoza B. aniqlanib, qo`lga olindi. Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O`g`rilik”) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.

"Hurmatli ota-onalar Hushyor bo`ling, bolalaringizni qarovsiz qoldirmang va ularga notanish odamlar bilan muloqotga kirishmaslik hamda buyumlarini bermasligi haqida tushuntiring", - deyladi Toshkent shahar IIBB xabarida.

    Boshqa yangiliklar