AsosiyJamiyat

Samarqandda cho`milish xavzasida o`yin ko`rsatgan yarim yalong`och qizlardan OITS uchun qon tahlillari olingani rad etildi

'Samarqandda cho`milish xavzasida o`yin ko`rsatgan yarim yalong`och qizlardan OITS uchun qon tahlillari olingani rad etildi'ning rasmi

Samarqandda cho`milish xavzasi ochilish marosimida yarim yalong`och qizlar o`yin ko`rsatgani va ular viloyat IIB tomonidan teri-tanosil kasalliklari ko`rigidan o`tkazilib, OITS va OIV ga tekshirish uchun qon tahlillari olingani haqida xabar berilgan edi.  

Holat bo`yicha viloyat IIB tomonidan bergan munosabat jamoatchilikning keskin e`tiroziga sabab bo`lgani uchun Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Sh.G`iyosov qo`shimcha ma`lumot berdi.

Unda aytilishicha, ushbu kelishilmagan jamoat tadbiri turli tartib buzilishlarga olib kelishi mumkinligini inobatga olgan holda, mazkur holat Samarqand viloyati IIB tomonidan o`rganilib, tadbir tashkilotchilari bilan profilaktik suhbat o`tkazilib, kelgusida xavfsizlik choralari ko`rilishi zaruriyati haqida qat`iy ogohlantirilganlar.

"Shuningdek, xabarda aks etgan, tadbirda ishtirok etgan ayollarga nisbatan teri-tanosil kasalliklari ko`rigidan o`tkazilganligi va OITS/OIVga tekshirish uchun qon tahlillari olinganligi to`g`risidagi ma`lumot, viloyat IIB matbuot kotibi J.Sagdullaev tomonidan shoshmashosharlik bilan vaziyatni to`liq o`rganmagan holda tayyorlanganligi aniqlangan.

Ma`lum qilamizki, tadbir ishtirokchilarining, shu jumladan ayollarning hech biri tibbiy ko`rikdan o`tkazilmagan va ularga nisbatan huquqiy ta`sir choralari qo`llanilmagan.

Hozirda Ichki ishlar vazirligi tomonidan viloyat IIB xodimlarining harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan», deyiladi IIV xabarida.

    Boshqa yangiliklar