AsosiySalomatlik
4649

«Voy-voy tishim demaslik uchun...»

  • Mutaxassislar ma`lumotiga qaraganda, tishlarni har kuni 2 mahal tozalab turish, og`iz bo`shlig`i kasalliklariga chalinish ehtimolini 70-80 foizga kamaytirar ekan. Demak, eng muhimi, kundalik gigiena qoidasiga rioya etish.
  • Karies tishlar kushandasi ekanligini bilasiz. Unga qarshi chora esa to`g`ri ovqatlanish va uglevodga boy mahsulotlarni me`yorda iste`mol qilish. Olma, sabzi va shu kabi qattiq mahsulotlar eyilganida tishlar tozalanadi. Buni unutmang!
  • Tish emali emirilmasligi uchun egulik haroratiga diqqat qiling. Juda issiq va aksincha yaxday eguliklar tishlarga zarar! Qolaversa, ovqatlanayotganda qaynoq yoki muz bo`laklari solingan ichimliklarni ichish  tish va milklarga salbiy ta`sir etadi.
  • Tishlarni tozalayotganingizda milklaringiz qonagudek bo`lsa, darrov tashabbusni qo`lga oling-da, kerakli muolajani kechiktirmang. Davolanishdan keyin esa milklarni mustahkamlovchi maxsus tish pastalaridan foydalaning.
  • Yana bir muhim qoida: har tanovul vaqtidan so`ng xona haroratida ilitilgan suv bilan og`iz bo`shlig`ini chaying. Tish orasiga kirib qolgan egulik qoldiqlaridan xalos bo`lish uchun maxsus ipli tozalagichlardan foydalaning.

Boshqa yangiliklar