AsosiyJamiyat

Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi

'Toshkentning ayrim tumanlarida  elektr ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi'ning rasmi

Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida ba`zi tumanlarning ayrim ko`chalarida elektr ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida ertaga, 23-iyun kuni quyidagi manzillarda ta`mirlash ishlari olib borilishi sababli elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladi:

Olmazor tumani: “Taraqqiyot”, “Eski shahar”, “Achaobod”, “Namuna”, “Qichqiriq”, G.Azamov nomidagi, “Oltinsoy” va “Chimboy” MFYlarning ayrim ko`chalarida soat 24:00 dan ertalabki soat 07:00 gacha;

Bektemir tumani: “Iyk ota” MFYning ayrim ko`chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

Chilonzor tumani: “Qozirobod” MFYning ayrim ko`chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

Yakkasaroy tumani: “Muhandislar” MFYning ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Sergeli tumani: “Jaloyir” MFYning ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi ham mumkin.

    Boshqa yangiliklar