AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi maktablarni kompyuter jihozlari bilan to`liq ta`minlash bo`yicha xatlov ishlari boshlandi

'O`zbekistondagi maktablarni kompyuter jihozlari bilan to`liq ta`minlash bo`yicha xatlov ishlari boshlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 26 maydagi PF-79-son Farmoniga muvofiq, yangi o`quv yilidan boshlab umumiy o`rta ta`lim muassasalarining  boshlang`ich sinflarida informatika fani, xususan, 1-sinfdan “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o`qitilishi belgilangan.

Mazkur vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida ayni vaqtda mamlakatimizning barcha umumta`lim maktablarining kompyuter sinfxonalarini qayta jihozlashga doir xatlov jarayonlari boshlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi mas`ul xodimlari tomonidan olib borilayotgan o`rganishlar davomida kompyuter sinfxonalarining moddiy-texnik bazasi ko`zdan kechiriladi.

Yakuniy xulosalar asosida tegishli maktablar zamonaviy kompyuter jihozlari bilan to`liq ta`minlanadi.

Hozirda Toshkent shahrida joylashgan mavjud 335 ta maktabda mazkur yo`nalishga doir keng xatlov ishlari boshlandi.

    Boshqa yangiliklar