Toshkent viloyati hududida ijtimoiy soha ob`ektlarida amalga oshirilayotgan qurilish-ta`mirlash va rekonstruksiya ishlari uchun mablag`lar yo`naltirildi.
Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzaevning farmoyishi e`lon qilindi.
Unga ko`ra, viloyat mahalliy byudjetining 2023 yil -chorak yakuni bilan iqtisod qilingan mablag`lar hisobidan "Yagona buyurtmachi xizmati" injinering kompaniyasiga 7 milliard 1 million so`m ajratildi.
Mazkur mablag`lar Bekobod, Parkent, Oqqo`rg`on, Quyi Chirchiq, O`rta Chirchiq, Yangiyo`l, Chinoz, Toshkent, Piskent, Zangiota tumanlari hamda Yangiyo`l shaharidagi 15 ta ob`ektda, ya`ni maktabgacha ta`lim va umumta`lim maktablarini rekonstruksiya qilish va qo`shimcha bino, sport zal qurilishi uchun sarf etiladi.






