AsosiyDunyo

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Armaniston bosh vaziri ayblovlariga javob berdi

'Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Armaniston bosh vaziri ayblovlariga javob berdi'ning rasmi

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning asossiz ayblovlariga javob berdi. Bu haqda "Anadolu" yozmoqda.

“Biz Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning 22 iyun kuni hukumat yig`ilishida Ozarbayjon tomonidan “Xalqaro sud qaroriga zid ravishda, Lochin yo`lida noqonuniy blokada” amalga oshirilgani haqidagi bema`ni ayblovlarni qat`iyan rad etamiz”,  - deyiladi Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

TIVning ta`kidlashicha, Ozarbayjonning Qorabog` hududida yashovchi arman millatiga mansub fuqarolarning har ikki yo`nalishda "Lochin" chegara punkti orqali shaffof va xavfsiz o`tishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilganiga qaramay, iyun oyida Armaniston qurolli kuchlarining provokasiyasi sodir bo`lgan. 

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi asli arman bo`lgan rezidentlar bilan muloqot, shuningdek, Ozarbayjon qonunchiligi doirasida Ozarbayjon hududida yashovchi shaxslarning huquq va erkinliklarini ta`minlash masalasi Ozarbayjonning ichki ishi ekanligini yana bir bor ta`kidladi:

"Ozarbayjon arman millatiga mansub aholini qayta integrasiya qilish uchun zarur choralarni ko`rishga qat`iy qaror qildi, bu va boshqa masalalarni muhokama qilish uchun arman millatiga mansub fuqarolarga yuborilgan taklif hali ham mavjud", - deydi TIV.

    Boshqa yangiliklar