Bugun, 23 iyun kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoevning qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi bo`lib o`tmoqda.
Unda ma`lum qilinishicha, Qashqadaryodagi ehtiyojmand oilaga mansub 20 ming talabaga kontrakt pullari to`lab beriladi, mazkur maqsadlar uchun 220 milliard so`m yo`naltiriladi.
“O`z biznesini ijaraga olingan binoda boshlayotgan yoshlarimizga bir yillik ijara xarajatining 50 foizi qoplab beriladi.
Talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to`lanadigan stajirovka tizimi joriy qilinadi”, – dedi nomzod.






