AsosiyJamiyat

Koson, Nishon, Qamashi, Kitob va Yakkabog`da tumanlararo endokrinologiya hamda kardiologiya bo`limlari tashkil etiladi

'Koson, Nishon, Qamashi, Kitob va Yakkabog`da tumanlararo endokrinologiya hamda kardiologiya bo`limlari tashkil etiladi'ning rasmi

Koson, Nishon, Qamashi, Kitob va Yakkabog`da tumanlararo endokrinologiya hamda kardiologiya bo`limlari tashkil etiladi.

Bu haqda qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoev ma`lum qildi.

“Tibbiyot sohasida 37 ta poliklinika, 95 ta oilaviy shifokorlik punkti tashkil etiladi, davolash o`rinlari 12 mingtaga etkaziladi.

Qarshi shahridagi tarqoq 5 ta shifoxona negizida “Ona va bola” klasteri barpo etiladi.

Nishon, Chiroqchi, Koson, Qarshi va Shahrisabz shaharlarida zamonaviy tug`ruq komplekslari quriladi (550 davolash o`rni).

Kelgusi yillarda 800 nafar ehtiyojmand ayollar va ularning voyaga etmagan farzandlarini davolash xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi”, – dedi nomzod.

    Boshqa yangiliklar