AsosiyJamiyat

2030 yilga qadar Qashqadaryoda maktabgacha ta`lim sohasidagi qamrov yuz foizga etkaziladi — Shavkat Mirziyoev

'2030 yilga qadar Qashqadaryoda maktabgacha ta`lim sohasidagi qamrov yuz foizga etkaziladi —  Shavkat Mirziyoev'ning rasmi

O`zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuv chog`ida kelgusi etti yilda ta`limni rivojlantirishga oid rejalar haqida to`xtaldi.

“Eng avvalo, 2030 yilga qadar viloyatda maktabgacha ta`lim sohasidagi qamrov yuz foizga etkaziladi. Shu maqsadda, qariyb 1 trillion 300 milliard so`m mablag` hisobidan, 1 ming 745 ta yangi bog`cha tashkil etiladi.

Olis va chekka hududlarni maktabgacha ta`lim bilan qamrab olish uchun 1 ming 500 o`rinli 28 ta mobil guruh tashkil etiladi.

Bog`chalarda 12 o`rinli 350 ta bir yillik bepul tayyorlov guruhlari va 50 ta qisqa muddatli guruhlar tuziladi.

Kelgusi etti yilda maktab ta`limida qo`shimcha 130 ming o`quvchi o`rni yaratiladi, viloyatda o`quvchisi 30 nafardan ortiq bo`lgan sinflar qolmaydi (hozirda 4 mingdan ziyod sinfda 35 ta bola o`qiydi).

Shuningdek, 237 ta maktab mukammal ta`mirlanadi, 591 ta maktab zamonaviy o`quv anjomlari, laboratoriya va kompyuterlar bilan jihozlanadi”, – dedi nomzod.

    Boshqa yangiliklar