AsosiyJamiyat

Uzbekistan Airways Toshkentdan Urganch, Nukus, Termiz va Buxoroga qo`shimcha reyslar qo`yadi

'Uzbekistan Airways Toshkentdan Urganch, Nukus, Termiz va Buxoroga qo`shimcha reyslar qo`yadi'ning rasmi

Uzbekistan Airways 27, 28, 30 iyun va 2 iyul kunlari qo`shimcha aviaqatnovlar yo`lga qo`yilishini e`lon qildi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar bermoqda.

27 iyun kuni Toshkent-Urganch-Toshkent, Toshkent-Nukus-Toshkent, Toshkent-Termiz-Toshkent yo`nalishlarida qo`shimcha parvozlar amalga oshiriladi.

28 iyun kuni Toshkent-Termiz-Toshkent, 30 iyun kuni esa Toshkent-Urganch-Toshkent yo`nalishida qo`shimcha qatnov bajarilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, 2 iyul kuni Toshkent-Buxoro-Toshkent yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha aviaqatnov amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar