AsosiyJamiyat

Bojxonachi bo`lish istagidagi xotin-qizlar uchun vakansiya e`lon qilindi

'Bojxonachi bo`lish istagidagi xotin-qizlar uchun vakansiya e`lon qilindi'ning rasmi

Bojxona qo`mitasi hududiy boshqarmalar bojxona postlaridagi bo`sh lavozimlarga xotin-qizlarni xizmatga qabul qilish bo`yicha tanlov e`lon qildi. 

Mazkur lavozimlarga tanlov asosida O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, yoshi o`n ettidan kam bo`lmagan va o`ttizdan oshmagan, oliy ma`lumotga ega, o`zining shaxsiy, ishchanlik va axloqiy sifatlari, sog`ligi va jismoniy tayyorgarligi darajasiga ko`ra bojxona organi xodimining xizmat vazifalarini bajarishga qodir – bo`yi 165 sm.dan kam bo`lmagan xotin-qizlar qabul qilinadi.

Nomzod iqtisodiyot, moliya, buxgalteriya hisobi va audit, soliq, bojxona ishi, yurisprudensiya, xorijiy filologiya, tovarshunoslik yoki oziq-ovqat texnologiyasi mutaxassisliklaridan biriga ega bo`lishi hamda rus va chet tillaridan birini mukammal bilishi lozim. 

O`zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to`g`risida”gi Qonunining 13-moddasiga ko`ra, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, xizmatni o`tashga monelik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari bo`lgan, boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga ko`ra bo`shatilgan, sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar, qo`llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va o`ziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qo`llanilganligidan qat`i nazar yoxud yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan fuqarolar xizmatga qabul qilinmaydi.

Yuqoridagi talablarga mos kelmagan, saralash bosqichlaridan o`ta olmagan yoki o`zi va yaqin qarindoshlari to`g`risida bila turib noto`g`ri ma`lumotlar bergan, shuningdek belgilangan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etmagan nomzodlarni xizmatga qabul qilish rad etiladi.

Tanlovda ishtirok etish arizalar joriy yilning 9 iyuliga  (shu kuni ham) qadar https://new.customs.uz/uz/services/vacancy havolasi orqali onlayn qabul qilinadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar