O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 23 iyun kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo`yicha maslahatchi Suma Chakrabartini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturining ustuvor yo`nalishlari, shu jumladan sog`liqni saqlash, ta`lim, suv ta`minoti sohalaridagi yangilanishlar ko`rib chiqildi.
O`zbekistonda investisiya va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.
Yurtimizda Xalqaro tijorat sudi faoliyatini yo`lga qo`yish bo`yicha ko`rilayotgan chora-tadbirlarning borishi hamda Jahon savdo tashkilotiga a`zo bo`lish yuzasidan muzokaralar jarayoni muhokama qilindi.






