Ijtimoiy tarmoqlarda Shavkat Umurzoqovning poraxo`r xodimi qamalgani haqida turli xabarlar tarqaldi. Poytaxt hokimligi axborot xizmati mazkur xabarlarni inkor etdi.
Toshkent shahar hokimligining qurilish bo`yicha bo`lim boshlig`i Lutfulla Almanov Prokuratura qoshidagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan hibsga olingani aytilgan.
Hokimlik matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Lutfulla Almanov Toshkent shahar hokimligida emas, balki Uchtepa tuman hokimligida tuman hokimining uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish va obodonlashtirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimida 2019 yilning 27 iyunidan 2021 yil 24 noyabr kuniga qadar ishlagan. Ya`ni Toshkent shahar hokimligida umuman ishlamagan va bundan qariyb ikki yil oldin muvofiq qaror bilan hokimlik tizimidan bo`shab ketgan.
“Toshkent shahar hokimligi va hokim v.b. Shavkat Umurzoqovga tegishli bo`lgan barcha iddaolari yolg`on va haqiqatga to`g`ri kelmaydi”, — deyiladi hokimlik xabarida.






