AsosiyJamiyat

Ohangaronda qora tutun sabab 6 ta mashina YTHga uchradi (video)

'Ohangaronda qora tutun sabab 6 ta mashina YTHga uchradi (video)'ning rasmi

Ohangaron tumanida 6 ta transport vositasi ishtirokida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi yuzasidan maʼlumot berildi.  

Unga ko`ra, holat 23 iyun kuni soat taxminan 13:00 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o`tgan Olmaliq—Toshkent avtomobil yo`lining 13-kilometrida sodir bo`lgan. 6 ta transport vositasi (Captiva, Lada Largus, Nexia-3, Shinerfly (mikroavtobus), Damas va Howo rusumli yuk avtomobili) bir yo`nalishda harakatlanib kelayotgan vaqtda oldinma-ketin urilishi natijasida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan.

Ushbu to`qnashuv natijasida Nexia-3 yo`lovchisi 1980 yilda tug`ilgan T.G.ga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan. Boshqa harakat ishtirokchilarining sog`lig`iga ziyon etmagan. Transport vositalari texnik shikastlangan.

Dastlabki surishtiruvlarga ko`ra, dala maydonida sodir bo`lgan yong`indan hosil bo`lgan qora tutun haydovchilarning boshqa avtoulovlarni ko`rmay qolishiga sabab bo`lgan. Holat yuzasidan tuman IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar