AsosiyJamiyat

Insultni davolashning yangi usuli topildi

'Insultni davolashning yangi usuli topildi'ning rasmi

Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti olimlari o`tkir ishemik insultni davolashda yangi yondashuvni ishlab chiqishdi. U elektr miya stimulyasiyasiga asoslangan.

HD C-tDCS deb ataladigan yondashuv ilgari ma`lum nevrologik va psixiatrik holatlarni davolash uchun ishlatilgan invaziv bo`lmagan elektr stimulyasiyasining bir turi. Mutaxassislar elektr tokining miyadagi qon oqimiga ta`sir qilishini payqashdi. Keyin ular miyaning insultdan zararlangan qismlariga qon oqimini oshirish, shuningdek, miya to`qimalarini shikastlanishdan himoya qilish uchun HD C-tDCS dan foydalanish mumkinligini taklif qilishdi.

Tadqiqotda qon ketish boshlanganidan keyin 24 soat ichida kasalxonaga yotqizilgan o`tkir insultni boshdan kechirgan o`n nafar bemor ishtirok etdi. Etti bemor HD C-tDCS orqali davolandi va uch nafarida soxta stimulyasiya amalga oshirildi.

Natijalar shuni ko`rsatdiki, HD C-tDCS bilan davolangan ishtirokchilar o`rtacha hisobda insultning yadrosini o`rab turgan miya to`qimalarining taxminan 66 foizini tejashga muvaffaq bo`lishdi. Shuningdek, qon ketish joyida qon oqimi ham yaxshilagan, deb xabar beradi lenta.ru.

    Boshqa yangiliklar