AsosiyJamiyat

Endi ishsiz fuqarolar har pensiya olishi mumkin.Faqat...

'Endi ishsiz fuqarolar har pensiya olishi mumkin.Faqat...'ning rasmi

Pensiya jamg`armasi o`zini o`zi band qilgan fuqarolar pensiyaga chiqa olishlari mumkinligini eslatdi.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi qonunda erkaklar 60 yoshga, ayollar 55 yoshga to`lganda, ularga to`liq pensiya tayinlanishi belgilangan. 

Fuqaroning mehnat staji kamida 7 yil bo`lganda unga to`liqsiz yoshga doir pensiya tayinlanadi.

Pensiya jamg`armasi xabariga ko`ra, qonunchilikda ishsiz fuqarolar uchun pensiya tayinlash imkoniyati ham yaratilgan.

“Tadbirkorlik faoliyati va o`zini o`zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi prezident qarorida 78 turdagi mehnat faoliyati bilan shug`ullansa hamda o`rnatilgan tartibda o`zini o`zi band qilgan shaxs sifatida ro`yxatdan o`tib, kamida bazaviy hisoblashning bir barobari (330 ming so`m) miqdorida ijtimoiy soliq to`lovini to`lasa, 1 yil mehnat stajiga ega bo`ladi. Demak, ishsiz fuqaro 7 yil davomida har yili Pensiya jamg`armasiga ijtimoiy soliq to`lovini amalga oshirsa, pensiya olish huquqiga ega bo`ladi”, — deya eslatgan jamg`arma.
Bugungi kunda ish staji to`liq bo`lmagan chog`dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo`shimcha to`lovni hisobga olgan holda — oyiga 535 000 so`m.

“Pensiya miqdori ish haqi va ish stajiga bog`liq. Agar fuqaro ijtimoiy soliqni qancha ko`p to`lasa, pensiya miqdori ham shuncha yuqori bo`ladi”, — deya xabar bergan Pensiya jamg`armasi.

    Boshqa yangiliklar