AsosiyJamiyat

O`zbekiston 2024 yilgi futzal bo`yicha Jahon chempionati mezboni bo`ladi

'O`zbekiston 2024 yilgi futzal bo`yicha Jahon chempionati mezboni bo`ladi'ning rasmi

O`FA xabariga ko`ra, bugun FIFA Kengashining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Kun tartibidan FIFA miqyosidagi bir qator musobaqalar, xususan, futzal va futbol bo`yicha jahon birinchiligi musobaqalariga mezbon mamlakatlarni belgilash masalalari o`rin oldi.

E`tiborli jihati, 2024 yilgi futzal bo`yicha jahon chempionati musobaqasi O`zbekistonda o`tkazilishi belgilandi.

Shunday qilib, O`zbekiston FIFA tasarrufidagi Jahon chempionatiga birinchi bor mezbonlik qiladi.

    Boshqa yangiliklar