Rossiya Mudofaa vazirligi jangchilarga murojaat bilan chiqdi. Bu haqda Sputnik O`zbekiston xabar bermoqda.
“Sizning bir nechta otryadlardagi ko`plab o`rtoqlaringiz xatolarini tushunishdi va doimiy joylashuv joylariga xavfsiz qaytish imkoniyatini ta`minlash uchun yordam so`rashdi”, deyiladi murojaatda.
Vazirlikka ko`ra, murojaat qilgan barcha jangchi va komandirlarga allaqachon yordam ko`rsatilgan.
“Aql bilan ish qilishingizni va imkon qadar tezroq Rossiya Mudofaa vazirligi yoki huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan bog`lanishingizni so`raymiz. Biz barchaning xavfsizligini kafolatlaymiz”, deyiladi xabarda.
24.06.2023 12:17
“Vagner” jangchilarini yolg`on bilan Prigojinning jinoiy avantyurasiga va qurolli qo`zg`oloniga jalb qilishdi






