AsosiyJamiyat

Rossiyadagi O`zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

'Rossiyadagi O`zbekiston fuqarolari ogohlantirildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasining barcha fuqarolarini Rossiya Federasiyasi hududida amalda bo`lgan jamoat xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya qilishga, Rossiya va Ukrainaning chegaradosh hududlariga sayohat qilmaslikka, odamlar gavjum joylarga tashrif buyurmaslikka chaqiradi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

Axborot maydonida tarqatilayotgan tasdiqlanmagan ma`lumotlarga berilmaslik va mamlakat rasmiy vakillarining ko`rsatmalariga amal qilishni so`raymiz.

Sizga qulaylik yaratish maqsadida mamlakatimizning Rossiyadagi barcha diplomatik vakolatxonalari to`liq ish rejimida ishlaydi.

"Zarur hollarda O`zbekiston Respublikasi fuqarolaridan O`zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasining yagona Call-markaziga zudlik bilan murojaat qilishlarini so`raymiz: +7-499 230-00-76, +7-499 238-36-20" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar