Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tomonidan 2023-2024 o`quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan ta`lim darajasi yuqori bo`lmagan maktablar ro`yxati tasdiqlandi.
Ushbu maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o`qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar to`lanadi.
Bunda:
bir ma`muriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o`qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
boshqa ma`muriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan o`qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar to`lanadi.
Ushbu maktablarda dars berish uchun boshqa hududda kamida bir yil ishlagan oliy va birinchi toifaga ega o`qituvchi-pedagoglar jalb qilinadi.
Boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o`qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta`lim darajasi yuqori bo`lmagan maktablar ro`yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to`lanadi.