AsosiyJamiyat

Qatar Airways Doxadan Toshkentga muntazam parvozlarni boshlaydi

'Qatar Airways Doxadan Toshkentga muntazam parvozlarni boshlaydi'ning rasmi

Joriy yilning 23 iyun kuni Transport vaziri Ilxom Maxkamov Qatar davlatining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Hasan Hamza Asad Muhammad Hoshim bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat o`rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo`lga qo`yish masalasini muhokama etishdi. Elchi janoblari "Qatar Airways" aviakompaniyasi Doxa – Toshkent – Doxa yo`nalishida aviaqatnovlarni amalga oshirish bo`yicha kompaniya ichki tartiblarini ishlab chiqayotganini ma`lum qildi.

Tomonlar ushbu jarayonlar yakunlangach, parvozlarni amalga oshirish bo`yicha mavjud talab va qoidalar yuzasidan muzokaralar o`tkazishga kelishib oldi.

 

    Boshqa yangiliklar