AsosiyJamiyat

Barcha telekanallarda maqom vaqti tashkil etish taklif qilindi

'Barcha telekanallarda maqom vaqti tashkil etish taklif qilindi'ning rasmi

O`zbekiston bo`ylab “Yoshlar oyligi” doirasida ma`rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan mazkur oylik munosabati bilan “Ma`rifat” targ`ibotchilari Andijon viloyatida bo`lib turibdi.  

Tashrif doirasida “Ziyolilar forumi” tashkil etildi. Unda professor Narzulla Jo`raev, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Gulbahor Erqulova hamda Ijtimoiy-ma`naviy tadqiqotlar instituti direktor o`rinbosari Munira Qahhorova ishtirok etdi.  

Tadbirda professorlardan biri barcha telekanallar orqali maqom vaqti tashkil etilishini taklif etdi. Shundan so`ng Gulbahor Erqulova maqom haqida so`z yuritdi.  

“Fikringizga qo`shilaman. 30 ta telekanal bo`lsa, barchasidan bir xil yuzlar chiqadi. Ba`zida tomoshabin charchaydi ham, menimcha.  

To`g`ri, barchasini o`z o`rni bor. Estrada ham, lirikada ham, maqomda ham ijod qilish kerak. Cheklashga qarshiman. Ammo maqomni zerikarli deb ataydiganlarga qarshi chiqishga majburman. Maqomni men ijod qiladigan yo`nalish bo`lgani uchun emas, milliyligimizni o`zida aks ettirgani uchun qadrlayman. Aslida men ham juda zamonaviy insonman. Yaqindan taniydiganlar biladi.  

Hatto boshlang`ich sinfni rus tilida o`qiganman. Lekin o`zbek tili hamda milliy qadriyatlar, an`analarga zid ish qilsam o`zimni gunohkordek his qilaman. Bu holatga kimdir vatanparvarlik deb ta`rif berar, yana kimdir ko`zbo`yamachilik. Menga boshqalarni qanday qarashi ahamiyatsiz”, dedi u.

    Boshqa yangiliklar