Transport vaziri Ilhom Mahkamov Qatar davlatining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Hasan Xamza Asad Muhammad Hoshim bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat o`rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo`lga qo`yish masalasini muhokama etishdi. Elchi janoblari "Qatar Airways" aviakompaniyasi Doxa – Toshkent – Doxa yo`nalishida aviaqatnovlarni amalga oshirish bo`yicha kompaniya ichki tartiblarini ishlab chiqayotganini ma`lum qildi.
Tomonlar ushbu jarayonlar yakunlangach, parvozlarni amalga oshirish bo`yicha mavjud talab va qoidalar yuzasidan muzokaralar o`tkazishga kelishib oldi.






