AsosiyJamiyat

Ortiqjo`jaev "Paxtakor"ga yaxshi sharoitlarni yaratib berishda davom etishga va`da berdi. Faqat buning bir sharti bor...

'Ortiqjo`jaev "Paxtakor"ga yaxshi sharoitlarni yaratib berishda davom etishga va`da berdi. Faqat buning bir sharti bor...'ning rasmi

 "Paxtakor" klubining raisi Jahongir Ortiqxo`jaev  jamoaning Qibraydagi o`quv yig`in mashg`ulotlari bazasida bo`ldi. U  kompleksda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishib, futbolchilar bilan ham suhbatlashgan.

"Avvalo, sizlarga so`nggi ikki yilda qo`lga kiritilgan chempionlik uchun rahmat aytaman. Men bundan quvondim. Bu an`anani buzmasligimiz kerak. Eng muhimi, siz e`tibordagi odam ekaningizni unutmasangiz va biz bilan bir jamoa bo`lishda davom etsangiz kifoya, qolgan yaxshi sharoitlarni yaratib berishda davom etamiz", - deydi jamoamiz raisi.

Ortiqxo`jaev O`zbekistonda bo`lib o`tgan Osiyo chempionatiga ham alohida to`xtalib o`tgan.  

- Jamoamiz a`zolari terma jamoa safida Osiyo chempioni bo`ldilar. Siz hali yoshsiz, umringizni behuda o`tkazmang. Katta akalaringiz kabi nom qozoning, o`z qadringizni biling, mehnat qilib Evropaga keting, men xursand bo`lay. Abbos, ayniqsa, sendan umidimiz katta. Men ishonaman, sen hali "Paxtakor" bilan yuqori marralarni zabt etasan va Evropaning top klublarida o`ynaysan".

    Boshqa yangiliklar