AsosiyJamiyat

Qibraydagi kanalda xushsiz oqib kelayotgan 2 yoshli qizcha 18 yoshli yigit tomonidan qutqarib olindi(video)

'Qibraydagi kanalda xushsiz oqib kelayotgan 2 yoshli qizcha 18 yoshli yigit tomonidan qutqarib olindi(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qibray tumani Xo`jaqo`rg`on mahallasidan oqib o`tuvchi "Oqtepa" kanalining qo`shiluvchi zag`ariqda noma`lum go`dakning behush holda oqib kelayotgan vaqtda, shu erdan o`tib ketayotgan yo`lovchi tomonidan qutqarib qolinganligi aks etgan lavhalar tarqaldi.

Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar bo`lim mas`ullari, endigina 2 yoshga to`lgan, 2021 yilda tug`ilgan Abdullaeva Muslimani qutqarib, hayotini asrab qolgan Tojiboev Yusufbekga minnatdorchilik bildirib, unga bo`lim tomonidan tashakkurnoma va sovg`a topshirildi.

Ma`lum qilinishicha, hozirda, Abdullaeva Muslima tibbiyot xodimlari nazoratiga olingan bo`lib, sog`ligi yaxshi holatda.  

Ma`lumot o`rnida, videoda aks etgan holat, joriy yilning 18 iyun kuni taxminan soat 19:05 atrofida sodir bo`lgan.

 

    Boshqa yangiliklar