AsosiyJamiyat

Xitoyning Siyamen portidan O`zbekistonga Eron orqali konteyner poezdi harakati yo`lga qo`yildi

'Xitoyning Siyamen portidan O`zbekistonga Eron orqali konteyner poezdi harakati yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Xitoyning Siyamen portidan Sergeli stansiyasiga Eron orqali birinchi konteyner poezdi harakati yo`lga qo`yildi. Bu haqda "O`ztemiryo`lkonteyner" AJ xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, tarkibida maishiy texnika yuklari (muzlatgich, kir yuvish mashinasi, gaz plitalari) bo`lgan  konteynerlar Xitoydan dengiz orqali Bander-Abbas portiga olib kelinadi hamda Eronning Bander-Abbas portida temir yo`l platformalariga ortilgan holda Turkmaniston orqali O`zbekistonga kirib keladi.  

39 ta 40 futlik konteynerlardan tashkil topgan blok poezdi Bander-Abbas portidan Sergeli stansiyasigacha 14 kunda etib kelishi belgilangan. Hozirda konteyner poezdi O`zbekiston hududiga o`tgan bo`lib, 25 iyun kuni Toshkent shahriga etib kelishi rejalashtirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar