AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistonda qanday ob-havo bo`lishi ma`lum qilindi

'Ertaga O`zbekistonda qanday ob-havo bo`lishi ma`lum qilindi'ning rasmi

“O`zgidromet” 26 iyun, dushanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma`lumot berdi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 31-36 daraja bo`ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 31-36 daraja bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlaridahavo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 31-36 daraja bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar