AsosiyJamiyat

Andijonda qurilayotgan “dom”ning kolonnasi qiyshiqligi aniqlandi

'Andijonda qurilayotgan “dom”ning kolonnasi qiyshiqligi aniqlandi'ning rasmi

Andijonda yangi qurilayotgan ko`p qavatli uy kolonnasi qiyshiqligi aniqlandi. Qurulish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi holat bo`yicha rasmiy munosabat berdi.

“Telegram m e`lon qilingan xabarda qayd etilgan holatlar bo`yicha viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o`rganish ishlari olib borildi”, deyiladi xabarda. 

Ma`lum qilinishicha, murojaatda ko`rsatilgan manzilda qurilayotgan obekt uchun Andijon shahar qurilish bo`limining 2021 yil 26 martdagi ruxsatnomasi bilan A.Musaev ko`chasi 3-manzilda joylashgan “Vatan farzandlari” NTMga tegishli qurilishi tugallanmagan bino inshootlarni buzib, o`rniga ko`p qavatli turar-joy binolari qurish uchun ruxsat berilgan bo`lib, bugungi kunda MChJ tomonidan yuqoridagi manzilda qurilishi olib borilayotgan ko`p qavatli turar-joy binolari bilan aholi xonadonlari oraliq masofalari 4,0-8,0 metrni tashkil etadi.

Kengash xulosasida hududiy yong`inga qarshi nazorat xizmati tomonidan yuqoridagi loyiha hujjati talablarga muvofiq ishlab chiqilgan, deb kelishilgan. 12 qavatli turar-joy binosi bilan yakka tartibdagi uy-joy binosi oraliq masofasi 4.0-8.0 metrgacha saqlangan holda loyihalangan hamda “ShARQ STROY EKSPERT” MChJ tomonidan ekspertiza xulosasi berilgan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan viloyat qurilish Bosh boshqarmasiga Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2021-yil 5-iyuldagi xulosasi noto`g`ri berilganligi sababli 2022-yil 10-avgust kuni inspeksiya tomonidan taqdimnoma (kamchiliklarga yo`l qo`ygan mas`ullarga belgilangan tartibda chora ko`rish, loyiha tashkilotini lisenziyasini bekor qilish hamda berilgan AShK xulosasini bekor qilish) kiritilgan.

Bosh boshqarma hududiy inspeksiyaning taqdimnomasiga 2022 yil 23 avgust kuni yo`llagan javob xatida obekt qurilishini inspeksiya tomonidan vaqtinchalik to`xtatib turish lozimligi va yo`l qo`yilgan kamchiliklar yuzasidan loyiha tashkiloti rahbaridan tushuntirish xati olinganligini bildirgan. 

Inspeksiya tomonidan o`tkazilgan nazorat ishlari davomida mazkur ko`p qavatli turar-joy binosining B-blogi 3-qavati “1-G” o`qidagi yuk ko`taruvchi ustun (kolonna) konstruksiyasining vertikallikdan 50-70 mm ga og`ganlik holati ham aniqlangan.

Holat yuzasidan inspeksiya tomonidan 2023 yilning 23 iyunida qurilishni to`xtatish to`g`risida yozma ko`rsatma berilib, qurilish ishlari to`xtatilgan.

Obektda aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan buyurtmachining texnik nazorati, loyihachining mualliflik hamda pudratchining ichki nazorati xodimlariga Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy jarima qo`llash uchun hujjatlar rasmiylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar