AsosiyJamiyat

O`zbekistonda er uchastkalarini to`g`ridan to`g`ri ajratishdagi imtiyozlar bekor qilinadi

'O`zbekistonda er uchastkalarini to`g`ridan to`g`ri ajratishdagi imtiyozlar bekor qilinadi'ning rasmi

Endilikda O`zbekistonda er uchastkalarini to`g`ridan-to`g`ri ajratishni nazarda tutuvchi tartiblar, imtiyoz va istisnolar qonunchilikdan to`liq chiqarib tashlanadi. Bu Prezident tomonidan shu yilning 19 iyunida imzolangan PF-99-son Farmon bilan tasdiqlandi. 

“Qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan er uchastkalariga nisbatan xususiy mulkchilik instituti joriy etilishi va mulk huquqining daxlsizligiga oid qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o`zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba`zilarini o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblash to`g`risida”gi Prezident Farmonida er uchastkalarini to`g`ridan-to`g`ri ajratishni nazarda tutuvchi tartiblar, imtiyoz va istisnolarni to`liq bekor qilinishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, farmonda qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan er uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish (realizasiya qilish), jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan mulkiy zararlarni kompensasiya qilish bo`yicha respublika va hududiy maqsadli jamg`arma faoliyatini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlarini kompensasiya qilish belgilangan.

Bundan tashqari, hujjatda aytilishicha, davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va xizmatchilarining qonunga xilof deb topilgan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik sub`ektiga etkazilgan zararning o`rni sud qarori asosida to`la hajmda jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan mulkiy zararlarni kompensasiya qilish bo`yicha maqsadli jamg`armalar mablag`lari hisobidan qoplanadi, keyinchalik aybdor shaxslardan to`liq miqdorda regress tartibida undirib olinadi.

Shuningdek, endilikda sug`oriladigan qishloq xo`jaligi erlarini qishloq xo`jaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan, sanoat va fuqarolik ob`ektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek, unumdor tuproq talab etilmaydigan ilg`or texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qo`llaniladigan issiqxonalar qurilishi uchun ajratishga yo`l qo`yilmaydi.

    Boshqa yangiliklar