AsosiyJamiyat

Toshkentdagi ko`p qavatli uyda yong`in sodir bo`ldi

'Toshkentdagi ko`p qavatli uyda yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 25 iyun kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan ko`p qavatli uylardan birida yong`in sodir bo`ldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, soat 19:13 da Yunusobod tumani 12-dahada joylashgan ko`p qavatli uyning tom qismi yonayotganligi to`g`risida shahar FVBga xabar tushgan. Zudlik bilan hodisa joyiga yong`in qutqaruvchilar etib borib, yong`inni qurshab olishgan.

Yong`inni bartaraf etishga 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji 2 ta avtonarvon jalb etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.

Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar