AsosiyDunyo

AQShda aeroport ishchisi samolyot dvigateliga kirib ketishi oqibatida vafot etdi

'AQShda aeroport ishchisi samolyot dvigateliga kirib ketishi oqibatida vafot etdi'ning rasmi

San-Antonio xalqaro aeroporti ishchisi Delta Air Lines  reaktiv dvigateliga kirib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda  Fox News telekanali xabar bermoqda.

Telekanal ma`lumotlariga ko`ra, xodim Unifi Aviation kompaniyasida ishlagan.  Aeroportda samolyotlardan biri Los-Anjelesdan bir dvigateli buzilgan holda uchib kelgan. Ta`mirlash vaqtida dvigatel ishlab ketgan va texnik xizmat ko`rsatayotgan xodimni tortib ketgan.

Voqea joyiga etib kelgan qutqaruvchilar  uni qutqarishga ulgurmagan. Tekshiruv avariya kompaniyaning operasion jarayonlari va xavfsizlik siyosati bilan bog`liq emasligini ko`rsatgan.

    Boshqa yangiliklar