O`zbekiston soliq to`lashdan bo`yin tovlashga qarshi kurashish, shuningdek, ofshor holatlarni qisqartirish bo`yicha xalqaro harakatlarni qo`llab-quvvatlaydi, deyiladi Soliq qo`mitasining xabarida.
BEPS rejasi bo`yicha OECD tashabbusiga qo`shilish va yangi xalqaro soliqqa tortish mexanizmi – Two-Pillar Solution – ga qo`shilish orqali O`zbekiston iqtisodiyotni raqamlashtirish bilan bog`liq holda yuzaga keladigan soliq muammolarini hal etish va transmilliy kompaniyalar tomonidan soliqlar ro`yxatdan o`tgan joyida emas, balki daromad olish joyi bo`yicha adolatli ulushini to`lashini ta`minlash majburiyatini oldi.
Respublika soliq siyosatining izchilligini yaxshilash, soliq bazasini yashirishga qarshi kurashish, transfert narxlarini nazorat qilish va shaffofroq soliq muhitini yaratish bo`yicha BEPS paketi doirasidagi majburiyatlarni amalga oshirish uchun texnik yordam oladi.
Ma`lumot uchun: BEPS (Base Erosion and Profit Shifting) – Soliq bazasini kamaytirish va daromadlarni yashirishga qarshi kurashish bo`yicha harakatlar rejasi






