AsosiyJamiyat

“Chilla” salqin bilan boshlanadi, biroq… Haftalik ob-havo e`lon qilindi

'“Chilla” salqin bilan boshlanadi, biroq… Haftalik ob-havo e`lon qilindi'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bu yil "Chilla" davri salqin ob-havo bilan boshlandi.

25 iyun kuni Kavkaz hududlaridan salqin havoning yana bir qismi kirib kelishi hisobiga havo harorati 29-32 darajagacha, ba`zi joylarda esa undan ham pastroq bo`ladi. Kechasi va ertalab salqin havo yaxshi sezilmoqda, hududlarning katta qismida harorat kechasi 15-18 darajaga pasaydi. Faqat Surxondaryo viloyatida kunduzgi harorat 40-42 daraja bo`lgan issiq ob-havo saqlanib turdi. Respublikaning bir qator tumanlarida biroz yomg`ir yog`di.

Bugun respublika bo`yicha harorat 30-33 daraja, janubda 39-41 daraja bo`lgan salqin ob-havo saqlanib turadi.

27 iyun-30 iyun kunlari havo harorati biroz ko`tariladi va 34-37 daraja, janubda 39-41 darajagacha atrofida bo`ladi.

Faqat shanba va yakshanba kunlari 1-2 iyulda O`zbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi kuchayadi va kunduzgi harorat yana 38-40 darajagacha, janubda ba`zi joylarda 42 darajagacha ko`tariladi.

Ushbu haftaning oxirigacha respublika bo`yicha havo asosan kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi hududlari bilan chegaradosh tog` oldi va tog`li hududlarda 26-28 iyun kunlari ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

26 iyunda shimolda, 27-29 iyunda respublikada ba`zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo`nalishdagi shamol birozdan o`rtachagacha esadi. Harorat bugun kunduzi 32-34 daraja, 27 iyun-30 iyunda 34-37 daraja, 1-2 iyulda 37-40 daraja bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar