O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkor va samarali ko`rib chiqish, fuqarolarga real vaqt rejimida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi huzurida "Call-center" ishga tushirildi.
"Call-center" orqali O`zbekiston Respublikasi sayloviga oid o`zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz hamda murojaatlaringizni yo`llashingiz mumkin.
"Call-center" raqami: 1200
1200 qisqa raqamiga qo`ng`iroq qilish bepul.






