AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda mahallalarni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi tashkil etiladi

'Qoraqalpog`istonda mahallalarni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi tashkil etiladi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Vazirlar Kengashi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda “Mahallalarni qo`llab-quvvatlash” jamg`armasi tashkil etiladi. Bu haqda hukumatning tegishli qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Unga ko`ra, jamg`arma prezidentning 2023 yil 30 mart kuni Qoraqalpog`istonga tashrifi yakunlari bo`yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta`minlash, mahallalarning infratuzilmalarini rivojlantirish, aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo`nalishidagi dasturlar ijrosi va mavjud muammolarning o`z vaqtida va tezkor hal etilishini ta`minlash uchun moliyaviy va moddiy jihatdan qo`llab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi.

Jamg`arma mablag`laridan foydalanishning asosiy yo`nalishlari:

  • mahallalar hududlaridagi ichki yo`llar, elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlari, ichimlik va oqova suv tizimlarini ta`mirlash va tiklash;
  • mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish;
  • mahallalardagi “mahalla ko`chaboshi va uyboshi”larini rag`batlantirish;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta`minlangan oilalarga moddiy tomondan ko`maklashish hamda ularning turar joylarini ta`mirlash;
  • fuqarolar yig`inlari binolari va ular joylashgan hududlarda sport maydonchalari, nuroniylar maskani, yoshlar markazi, bolalar maydonchalari, kutubxona, madaniyat markazlarini qurish, yirik va mayda ta`mirlash hamda ularni inventar, mebel, kompyuter jihozlari va boshqa uskunalar bilan ta`minlash;
  • “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “mahalla bog`lari”ni tashkil qilish;
  • mahallani kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish markaziga aylantirish bo`yicha “Mahalla startapi” va mikroloyihalarni amalga oshirish;
  • mahallada jinoyatchilikning oldini olish hamda mahalla obodligiga o`z hissasini qo`shgan tashabbuskor fuqarolarni rag`batlantirish;
  • qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun.

Tashkil etilgan jamg`armaga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun nazarda tutilgan mablag`lar hisobidan 2023 yil davomida 452 ta mahallaning har biriga to`g`ridan-to`g`ri 500 million so`mdan ajratiladi.

    Boshqa yangiliklar