Istanbul shahrida xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo`yicha O`zbekiston – Turkiya qo`shma komissiyasi yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Yig`ilishda xalqaro avtomobil tashuvlarining bugungi holati hamda uni rivojlantirish bilan bog`liq masalalar muhokama etildi. Tomonlar so`nggi yillarda ikki mamlakat o`rtasida savdo va avtomobil transportida yuk tashuvlar hajmi ortib borayotganini alohida qayd etib o`tishdi.
Shu munosabat bilan tomonlar bugun savdo-sotiq jarayonlarida kuzatilayotgan global o`zgarishlardan kelib chiqib, o`rta yo`lakni rivojlantirishni hisobga olgan holda xalqaro avtomobil tashuvlari uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish bo`yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.
Xususan, yuk tashuvlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma blankalarini almashish kvotalari belgilandi. Shuningdek, yuk tashuvlari jarayonini jadallashtirish maqsadida mamlakatlar o`rtasida ruxsatnoma blankalarini elektron (E-permit) ayirboshlash tizimiga bosqichma-bosqich ravishda to`liq o`tish bo`yicha kelishuvga erishildi.
26.06.2023 17:21
Turkiya bilan xalqaro yuk tashuvlari to`liq elektron ruxsatnoma tizimiga o`tkaziladi






